Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Yerda yuqori darajali magnit bo‘ronlari kuzatilmoqda

Olimlarga ko‘ra, kuchli magnit bo‘ronlari ta’sirida aloqa uzilishlari va boshqa noqulayliklar kuzatilishi mumkin. Shuningdek, Respublika Gidrometeorologiya markazi aholiga o‘z tavsiyalarini berdi.

Markaz xabariga ko‘ra, magnit bo‘roni G5 darajali tizimda yuqori — G4 darajani tashkil etishi mumkin. Magnit bo‘ronining bunday faolligi tush paytida kutilayotgani uchun, bu omilning organizmga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida, ovqatlanish ratsionlariga baliq va ko‘kat mahsulotlarini kiritish tavsiya etiladi.

Magnit bo‘ronlari G4 darajali davrda ayrimlarda bosh qismining orqa tomoni va peshonada kuchsiz og‘rish kuzatiladi. Bu paytda shu kabi insonlarga kamroq harakat qilish hamda uyda ko‘proq o‘tirish tavsiya etiladi. Bu vaqt oralig‘ida yuqoridagi omilni o‘zida sezayotgan kishilarga chekish, alkogol mahsulotlari va kofe ichish hamda jismoniy zo‘riqish tavsiya etilmaydi.