"Eski odat deb 100 yil xavfli virusni uyingizda saqlaysizmi?"
Viloyat hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi direktori Matluba Allamurodovaga ko‘ra, hovlida so‘yilgan hayvonlar uzoq yillar davomida virus saqlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mas’ulning ma’lum qilishicha, hozirgi kunda vodiy (Andijon, Namangan, Farg‘ona) viloyatlarida jami 21 ta kushxona bor. Samarqandda esa shu kunda 22 ta kushxona ishlamoqda. Ayrim fuqarolar to‘lovdan qochib yoki go‘sht narxining ortib ketishidan cho‘chib chorva mollarini uyida qassoblar xizmatidan foydalanib so‘yishni odat qilishgan. Lekin chorva mollarining so‘yilgan joyda 80 hattoki, 100 yilgacha ham xavfli viruslar saqlanib qoladi va bu yillar o‘tib bursselloz kasalligini orttirib olishga sabab bo‘lmoqda.
Salomatlik uchun xavfli mahsulotlarni aniqlash borasidagi tadbirlar doirasida viloyat oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, mikrobiologiya va VSE laboratoriyalari tomonidan hozirgacha sifatsiz bo‘lgan 889 kg parranda, 1929 kg sut mahsulotlari iste’mol uchun yaroqsiz, deb topilib, o‘rnatilgan tartibda dalolatnoma tuzilib yo‘q qilindi. Shuningdek, 843 kg baliq, 22430 dona tuxum, 25 kg asal, 2275 kg sut va sut mahsulotlari, 39072 kg o‘simlik, 19517 kg poliz, 3896 kg tuzlamalar istemolga yoroqsizligi uchun dalolatnoma tuzilib yo‘q qilindi.