O‘zbekistonlik qassoblar Saudiya Arabistoniga ishga jalb qilinishi mumkin
- 22.10.2020 18:40
- 386
- O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Haj mavsumida O‘zbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etildi. Xususan, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar yaqin vaqt oralig‘ida fuqarolarni qassobchilikka jalb qilish bo‘yicha O‘zbekistondagi mavjud imkoniyatlar, xususan, shariat asosida Haj mavsumida qurbonlik uchun hayvonni so‘yish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi, fuqarolarni ushbu sohaga tayyorlash imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha ishlarning olib borilishini ma’lum qildi.
Muzokaralar natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.