Facebook koronavirusga qarshi
Facebook qay tarzda koronavirusga qarshi kurash olib borayotganligi to‘g‘risida kompaniya asoschisi Mark Sukerberg xabar berdi.
Kompaniya rahbari JSST berayotgan koronavirus bilan bog‘liq xabar va e’lonlarni Facebook sahifalarida bepul, beg‘araz chop etayotganligi hamda kasallik to‘g‘risida tarqalayotgan yolg‘on xabarlarni ijtimoiy tarmoqdan o‘chirayotganligi haqida to‘xtaldi.
Bir necha kun oldin AQShning Business Insider nashri bilan kompaniya vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida koronavirusdan himoyalashni va davolashni va’da qiluvchi e’lon va reklamalarga Facebook tomonidan taqiq quyilganligi to‘g‘risida xabar berildi.
“Biz turli mamlakatlar Sog‘liqni saqlash vazirliklari va Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi, UNICEF kabi tashkilotlar bilan koronavirus to‘g‘risidagi so‘nggi va aniq ma’lumotlarni o‘z vaqtida olishlari uchun hamkorlikda ishlayapmiz.
Biz JSSTga koronavirus to‘g‘risida qancha zarur bo‘lsa, shuncha bepul reklama va e’lonlar chop etish imkoniyatini taqdim etganmiz. Shu bilan birga, boshqa yordamlarni ham taqdim etamiz. Bundan tashqari, boshqa tashkilotlarga ham bepul e’lonlar joylashtirishlari uchun millionlab kuponlar taqdim qilamiz. Sog‘liqni saqlash doirasida jahon ekspertlari bilan yaqindan hamkorlik qilamiz”, deb yozdi Mark Sukerberg o‘zining Facebook’dagi sahifasida.
Shuningdek, Sukerberg Facebook’da chop etilayotgan yolg‘on xabarlar zudlik bilan o‘chirilayotganligini ta’kidlagan.
Sukerbergga tegishli “Chan Zuckerberg Initianive” tashkiloti va Bill Geyts Fondi hamkorligida olib borilgan tadqiqotlar natijasida, Kambodja mutaxassislari tomonidan COVID-19 virusi yuzaga keltirgan genomlar ketma-ketligini aniqlanishning uddasidan chiqildi. Bu koronavirusga chalingan bemorlarni ertaroq aniqlash imkoniyatini beradi.