Fidoyi yoshlar “Mard o‘g‘loni” davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 28 iyunda «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Unga ko‘ra, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, intiluvchanligi va tashabbuskorligi, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, yangi O‘zbekistonni barpo etish va uning xalqaro nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fidoyi va mard o‘g‘lonlar munosib rag‘batlantirildi.
Ular orasida Samarqanddan quyidagi yoshlar bor:
ABDULLAYeV Abdurahmon Feruzovich - Samarqand shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi
ORIPOV Shahzod Ilhom o‘g‘li - Urgut tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruv qismi smena boshlig‘i
FAXRIYeV Jahongir Alisherovich - Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi (Samarqand viloyati)
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari tantanali vaziyatda topshiriladi.
Sovrindorlarning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.