G‘alladan bo‘shagan maydonlarda somonpoyalarni yoqib yuborgan 2 nafar shaxs jarimaga tortildi
- 27.06.2022 16:15
- 111
- O‘zbekiston
Oqdaryo tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan g‘alladan bo‘shagan maydonlarda somonpoyalari yoqilishining oldini olishga qaratilgan ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida “Chorbog‘ 2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 4 gektar g‘alladan bo‘shagan yer maydonini ekin qilish maqsadida 2 nafar shaxs yoqib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Yong‘in tezkor tartibda bartaraf etilib, shu mahallada yashovchi fuqarolar R.N va U.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima qo‘llanildi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allik kamayib, ishsizlik pasayadi
- Kecha, 16:50
- Iqtisodiyot
(Tuman)ga gazeta kerak
- Kecha, 14:43
- Mutolaa
Yolg‘on yarmarkadan kimga naf?
- Kecha, 14:27
- Samarqand
Bilyard ustalari Samarqandda jam bo‘ldi
- Kecha, 14:15
- Sport