Samarqandda g‘alla xirmoni 235 ming tonnadan oshdi
- 04.07.2024 17:52
- 146
- Iqtisodiyot
Viloyat g‘allakorlari ko‘zda tutilgan 228 ming tonnalik boshoqli don tayyorlash xirmonini 21 ish kunida ortig‘i bilan uddaladi.
Tahlillarga ko‘ra, bundan avval faqat 2021 yilda eng qisqa muddatda - 26 kunda rejadagi g‘alla o‘rib-yig‘ib olingan. So‘nggi besh yillikda bu jarayon 32 va 34 kun ham davom etgan.
Jalb qilingan 274 ta (2023 yilda 269 ta) kombaynning har biri kuniga o‘rtacha 39-40 tonnadan boshoqli don yig‘ib olgan.
Umuman, viloyat mirishkorlari vaqtinchalik saqlash, ya’ni birja savdolariga chiqarish uchun 141 614 tonna g‘alla xirmon qilgan.
Shu o‘rinda ma’lumot uchun qayd etish lozim, g‘allaning tonnasi uchun birjada 2 988 434 so‘m narx belgilangan.
Joriy mavsumda Paxtachidagi “O‘zagro saxovat yerlari”, “Aziz bobo dalalari”, Narpaydagi “Paxtakor”, Ishtixondagi “Tojiyev Qurbon ota” fermer xo‘jaliklari gektaridan 100 sentnerdan yuqori xirmon yaratgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand