G‘aroyib tasodiflar
Biz dunyomiz ulkan va alg‘ov-dalg‘ovliklardan iborat deb o‘ylaymiz. Lekin bizning “shar”imiz juda kichik va kutilmagan hodisalarga boy, buni esa vaqti-vaqti bilan aql bovar qilmaydigan voqealar isbotlab turadi. Bundan tashqari, ularni bilib olgach, siz yerdagi hamma narsa nisbiy emasligiga va haqiqatan ham ko‘rinmas materiyalar, iplar va ularni o‘z qo‘lida ushlab turgan Zot borligiga ishonch hosil qilasiz. Aks holda quyidagi hodisalar sodir bo‘lmagan bo‘lardi...
🔹 Bir kuni ko‘chada so‘rov o‘tkazib yurgan VVS muxbiri bir odamdan “1967 yildagi "Everton" - "Liverpul" komandalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan afsonaviy regbi o‘yinini eslay olasizmi?”, deb so‘radi. U esa “Albatta, eslayman, men unda ishtirok etganman”, deb javob berdi.
O‘tkinchi odam darvozabon Tommi Lourens bo‘lib chiqdi.
🔹 Misrning Yangi qirollik davriga tegishli (miloddan avvalgi 1550-1050 yillar) haykalining surati quyib qo‘yilgandek 2009 yilda vafot etgan pop-qirol Maykl Jeksonga o‘xshaydi.
🔹 Sportchi Uolten Sammerfordni hayoti davomida uch marta chaqmoq urgan.
Qizig‘i, o‘limidan so‘ng ham chaqmoq uning qabr toshiga urib, toshni ikkiga bo‘lgan.
🔹 1975 yilda AQShning Detroyt shahrida istiqomat qiluvchi Jozef Figlokning boshiga 14-qavatning derazasidan bir bolakay tushib ketdi.
Bir yildan so‘ng aynan o‘sha joyda, o‘sha bolaning o‘zginasi uning ustiga yana qulab tushdi. Ikki hodisada ham hech kim jabrlanmadi.
🔹 Mashhur tadbirkor Enso Ferrari 1988 yilning 14 fevralida vafot etdi. O‘sha yilning 15 oktyabrida tug‘ilgan turkiyalik futbolchi Mesut O‘zil Enzoga ikki tomchi suvdek o‘xshaydi.
🔹 "Titanik" halokatidan 14 yil oldin yozuvchi Morgan Robertson ulkan “Titan” laynerining fojiali halokati haqida “Behudalik” romanini yaratdi.
Qizig‘i, romandagi kema “Titanik” kabi bir xil yo‘lni, xuddi o‘sha tezlikda bosib o‘tadi va aysberg bilan to‘qnashuv natijasida cho‘kib ketadi.
🔹 1976 yilda rejissyor va dekoratsiyalar rassomi Jon Richardson “Omen” filmi ustida ishlardi va avtoavariya oqibatida boshi kesilgan qahramonlar sahnasini yaratdi.
Ko‘p vaqt o‘tmay rejissyor va uning yordamchisi Liz Mur xuddi shunday hodisaga yo‘liqdi: filmda bo‘lganidek, ular “Ommen” shahri yaqinidagi trassaning 66,6 kilometrida avtohalokatga uchradi.
🔹 1835 yilda yozuvchi Mark Tven tug‘ilishidan ikki hafta oldin Yer ustidan Galley kometasi uchib o‘tdi.
1909 yilda bu haqda yozuvchi “Men bu dunyoga kometa bilan birga keldim, u bilan birga ketaman”, degan edi. Shunday ham bo‘ldi. Mark Tven 1910 yilning 21 aprelida, navbatdagi kometa uchib kelgan kunning ertasi kuni vafot etdi.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.