Geodeziyachi va kartograflarga litsenziya berish soddalashdi

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 noyabrdagi qarori bilan “Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom”ga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan  o‘zgarishga ko‘ra, xo‘jalik yurituvchi sub’yektning shtatida tegishli ma’lumotga ega bo‘lgan ishchilarga doir litsenziya talablariga tuzatish kiritildi. Endi ularning litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlari bo‘yicha minimal ish staji uch emas, balki ikki yil bo‘lishi lozim.

Ikkinchidan, litsenziya rasmiylashtirishning yakuniy bosqichi tezlashdi. Davlat bojini to‘lash va litsenziya shartnomasi imzolagandan keyin litsenziya talabgori litsenziyani avvalgidek uch kun emas balki bir kunda oladi.

Uchinchidan, agar litsenziya talablari va shartlari buzilganligi aniqlansa, litsenziatlarni rejadan tashqari tekshirishlar Davergeodezkadastr qo‘mitasining vakolatlaridan chiqarildi. Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlariga muvofiq faqat rejali tekshirishlarni o‘tkazishga haqlidir.