O‘tgan yil 6768 ta avtomobil egasi litsenziyasiz yo‘lovchi tashigan

Bu raqam O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi viloyat boshqarmasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikdagi reydlar davomida yuzaga keldi.

2018 yil davomida 882 marta o‘tkazilgan reydlarda 6768 ta litsenziyasiz yo‘lovchi tashish, 108 ta yuk tashish holati qayd etilgan. Barcha holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun ma’muriy sudlarga yuborilgan. Sudlar tomonidan huquqbuzarlarga 6 milliard 335 million so‘mlik jarima jazolari qo‘llanildi. 852 nafar haydovchi tushuntirish ishlaridan so‘ng belgilangan muddatda litsenziya olganligi sababli jarima qo‘llanilmasdan ogohlantirish olgan.

Shuningdek, yo‘lovchi tashish korxonalari tomonidan tender shartnomalari hamda litsenziyada ko‘rsatilgan talab va shartlarni buzish holatlari ham kuzatilmoqda. Yil davomida bu kabi holatlar salkam 300 marta aniqlanib ta’sir choralari ko‘rildi. Tushuntirish-tar²ibot ishlari olib borildi.

Bekzod MUHAMMADIYEV,

1-toifali inspektor.