Litsenziya berishdagi o‘zgartishlar: kimga, qanday foyda beradi?

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 avgustdagi “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yurtdoshlarimiz, ayniqsa, tadbirkorlar uchun muhim ahamiyatga ega hujjat bo‘ldi.

Negaki, farmon bilan litsenziya berishga oid bir qator yangiliklar, ijobiy o‘zgarishlar joriy etilmoqda.

Xususan, 2021yil 1 yanvardan 53 ta litsenziyalanadigan faoliyat va 21 ta ruxsatnoma bekor qilinmoqda. Bunda auditorlik, baholovchi, rieltor, yuklarni avtomobil transportida respublika hududida tashish faoliyati uchun litsenziya hamda xorijiy ishchini jalb qilishga ruxsatnomalar bekor bo‘lyapti.

Shuningdek, 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma to‘liq bekor qilinmoqda hamda 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma boshqa hujjatlar bilan birlashtirish orqali qisqartirilmoqda.

Bu o‘zgartish tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirishga katta yordam beradi. Chunki bekor bo‘layotgan litsenziyalanadigan faoliyat turlari bilan 20 mingga yaqin, xabardor etish tartibiga o‘tkazilayotgan faoliyat turlari bilan 7 mingdan ortiq tadbirkorlar shug‘ullanmoqda.

Baxtiyor O‘LMASOV,

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi yuriskonsulti.