Germaniya "Sputnik V" vaksinasi samaradorligini tan oldi
Germaniyada Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi Yevropada ishlab chiqarilgan preparatdan samaraliroq bo‘lishi mumkin, deyishmoqda. Bu haqda The Times xabar berdi.
“AstraZeneca” vaksinasida bo‘lgani kabi, u ham adenovirus asosida olingan vaksina. Ammo “AstraZeneca” vaksinasidan farqli o‘laroq, u birinchi va ikkinchi dozalar uchun ikki xil virusli vektordan foydalanilgan”, deydi Germaniya hukumati huzuridagi vaksinalash bo‘yicha doimiy qo‘mita rahbari Tomas Mertens.
U ikki xil virusli vektordan foydalanishni aqlli yechim deb atadi. Chunki bu preparatning ikkinchi dozasi samarasiz bo‘lish ehtimolini kamaytiradi.
"Bu yaxshi vaksina va men uni Yevropa Ittifoqida foydalanish uchun ma’qullanadi deb o‘ylayman", dedi ekspert "Rheinische Post"ga bergan intervyusida.
Mertens ta’kidlashicha, rus olimlari vaksina yaratish bo‘yicha katta tajribaga ega.
Fevral oyi boshida «Lancet» ilmiy jurnali «Sputnik V» vaksinasining klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini e’lon qildi va uning yuqori samaradorligi va xavfsizligini tasdiqladi. III bosqich klinik sinovlarida «Sputnik V» 91,6 foiz samaradorligini namoyish etdi.