10 oyda qancha fuqaro koronavirusga qarshi emlandi?

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari 10 oydan beri davom etmoqda. Shu vaqt davomida yurtimizga keltirilgan va o‘zimizda ishlab chiqarilgan vaksinalar miqdori 49 846 818 dozani tashkil qildi.

Emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining 19,3 million nafardan ortig‘i 2021 yilning 1 aprelidan 2022 yilning 1 fevraliga qadar koronavirusga qarshi birinchi doza vaksinalarini oldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar (https://t.me/ssvuz/8849)iga ko‘ra, eng ko‘p emlangan aholi Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelib, bu hududlarda 1-bosqichda emlangan fuqarolar soni 2 million nafardan oshgan.