Emlanishdan bosh tortgan chexiyalik xonanda koronavirusdan vafot etdi
- 20.01.2022 15:39
- 71
- COVID-19
Dunyoda COVID-19 ga qarshi vaksinalarga shubha bilan qarovchilar hali ham ko‘p. Ular emlanishni rad etishadi, vaksinalar samaradorligini inkor qilishadi, eng yomoni, ommani ham ortidan ergashtirishga urinadi.
Chexiyalik xonanda Xana Xorka ham shulardan biri edi. U o‘z mamlakatida joriy etilgan karantin cheklovlari sharoitida jamoat joylarida erkin harakatlanish "ruxsatnoma"siga ega bo‘lishni xohladi. Biroq buning uchun yo emlangan yoki kasallikdan sog‘aygan bo‘lishi lozim edi.
Xonanda ikkinchi yo‘lni ma’qul ko‘rdi va atayin o‘ziga koronavirus infeksiyasini yuqtirdi. Buning uchun COVID-19 bilan kasallangan qarindoshlari orasida yashadi.
Ammo o‘tgan yakshanbada Xana Xorka 57 yoshida ushbu xastalikdan vafot etdi. U o‘limidan bir necha kun oldin tuzalib borayotgani, hademay teatr, sauna, konsertlar va dengiz sayohatiga borishi mumkinligini yozgan (https://govoritmoskva.ru/news/302385/).
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa