"Sputnik V" vaksinasi o‘zimizda ishlab chiqarilmoqda

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga “Jurabek Laboratories” MChJ qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan "Sputnik V" vaksinasi 1- va 2- komponentlarining dastlabki 260 500 dozasi topshirildi.

Bu yurtimizda tayyorlanayotgan ikkinchi vaksina bo‘lib, bundan avval ushbu korxonada jami 7 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi ishlab chiqarilgan. Uning 1 458 820 dozasi emlash uchun tibbiyot maskanlariga yetkazilgan.

Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 473 528 dozani tashkil qilmoqda.

Ulardan:
— 1 594 480 dozasi AstraZeneca,
— 21 958 488 million dozasi ZF-UZ-VAC2001,
— 720 500 dozasi "Sputnik V",
— 3 000 060 dozasi Moderna,
— 1 200 000 dozasi Pfizer/BioNTech vaksinasidir.

Shundan 22 721 129 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lib, 5 226 139 nafar aholi koronavirusga qarshi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.