Germaniyada ishlash uchun tanlov boshlandi
Yaqinda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Germaniyaga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
Ushbu amaliy ishlar doirasida bugun Samarqand shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Germaniyaning “NoVo Agency” tashkiloti bilan hamkorlikda ushbu davlatda quruvchilik, haydovchilik va hamshiralik mutaxassisliklarida ishlash istagini bildirgan shaxslar uchun tanlov bo‘lib o‘tdi.
Viloyatimizning barcha tuman va shaharlarining bandlik bo‘limlari orqali kelgan fuqarolar tanlovdan o‘tish shartlari, migrantlar uchun imkoniyat va imtiyozlar haqidagi savollariga batafsil javob olishdi.
“NoVo Agency” tashkiloti vakili ishga boruvchilarning Germaniyada ish beruvchilar bilan mehnat munosabatlarida qiyinchiliklarga duch kelmasliklari uchun nemis tilini V1 darajada bilish talab qilinishi alohida ta’kidladi. Uchrashuv so‘nggida ish beruvchi tashkilot vakillari bilan nemis tiliga o‘qitish markazlarini tashkil etish va ishlash uchun Germaniyaga boruvchi fuqarolarni o‘qitish masalalari muhokama jarayonida ekani aytildi.