Germaniyada maktab o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan
Germaniya politsiyasi mamlakat janubidagi Illekirxberg qishlog‘ida sodir bo‘lgan fojia sabablarini o‘rganmoqda.
Dushanba kuni erta tongda jinoyatchi maktabga ketayotgan 13 va 14 yoshli ikki qizga hujum qilgan va ularga bir necha marta pichoq urgan. Katta qiz kasalxonada vafot etgan. Kichigining ahvolini og‘ir, ammo hayoti xavf ostida emasligi ta’kidlanmoqda.
Politsiya mahalliy qochqinlar boshpanasida yashovchi uch muhojirni hibsga olgan. Asosiy gumonlanuvchi Eritreyadan kelgan 27 yoshli boshpana izlovchi. Undan ehtimoliy qotillik quroli bo‘lgan pichoq musodara qilingan.
Hujum sabablari hozircha noma’lum, tergovchilar jinoyatchiga nima turtki bo‘lganligi va qotillikdan oldin u qizlar bilan tanish bo‘lganligini aniqlashga harakat qilmoqda.
Illekirxberg qishlog‘i Baden-Vyurtembergda joylashgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahalliy va federal rasmiylar fojiadan dahshatga tushgan bo‘lsa-da, lekin undan muhojirlarga nisbatan nafrat uyg‘otish uchun foydalanmaslikka chaqiradi.