Gruziyada namoyishchilarning yana bir talabi qondirildi

Gruziya hukmron partiyasi namoyishchilarning yana bir talabini qondirdi. Endi navbatdagi parlament saylovi proporsional tizimda o‘tadi. Bu gruzin muxolifatining uchta asosiy talabidan biri edi, deb yozmoqda Minbar.uz

Gruziyada o‘n minglab odam 20 iyundan beri to‘xtamasdan "rus ishg‘oli"ga qarshi namoyish o‘tkazmoqda. Norozilar «Rossiya – okkupant», «Vatanimning 20 foiz hududini Rossiya bosib olgan» kabi shiorlarni ko‘tarib chiqdilar.

Muxolifat hukumatga uchta talab qo‘ydi: parlament raisi Irakliy Kobaxidze (bajarildi!), IIV vaziri Georgiy Gaxariyaning iste’fosi va parlamentga saylanish tartibini o‘zgartirish (bajarildi!).


 Norozilik aksiyasiga rossiyalik deputat Tbilisida o‘tgan Pravoslav parlamentlararo anjumanida Gruziya parlamenti spikerining kursisiga o‘tirib, raislik qilgani va rus tilida gapirgani sabab bo‘ldi.

21 iyunda Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8 iyuldan Gruziyaga aviaqatnovlarni taqiqlaydigan qarorni imzoladi. Shu kundan boshlab gruzin aviakompaniyalariga ham Rossiyaga uchish taqiqlandi.