Gruziyada notinchlik davom etmoqda: Bu nima bilan tugaydi?

Gruziya parlamenti oldida yana bir norozilik kechasi o‘tdi. Tbilisidagi Rustaveli xiyobonida avval ham katta olomon kuzatilgan. Buning g‘ayrioddiy joyi yo‘q. Hukumatning bu norozilikni bostirishga urinayotgan qattiqqo‘lligi g‘ayrioddiy. Ammo do‘pposlash, suv purkash va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazga qaramay namoyish davom etmoqda. O‘nlab odamlar hibsga olingani va odamlarni juda qattiq kaltaklagani haqida xabarlar bor.

Oxirgi kunlarda namoyish ishtirokchilarining harakatlari tufayli IIVning 100 dan ortiq xodimi, jumladan, kechagi tunda 20 dan ortiq xodim jarohatlangan.

Savol tug‘iladi. Bunday qattiqqo‘llik namoyishchilarni qaytaradimi yoki ularni yangi noroziliklarga ilhomlantiradimi?

5 kecha-kunduz davom etayotgan namoyishlarga Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening mamlakat 2028 yilgacha Yevropa Ittifoqiga kirishdan bosh tortishi haqidagi bayonoti sabab bo‘ldi.

Norozilik kuchayib borayotgani aniq, ammo bu nima bilan va qachon tugashini aytish qiyin.