"Haj-2023": O‘zbekistondan Madinaga ilk parvoz qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi
- 02.06.2023 17:50
- 138
- O‘zbekiston
Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2023 yil 4 iyun kuni "Haj-2023" tadbiri doirasida "Toshkent-Madina" yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvoz amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, 4-19 iyun kunlari Madinaga O‘zbekistonning 10 ta hududiy xalqaro aeroportlaridan, jumladan Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlaridan "Haj-2023" tadbiri doirasida 15 000 nafar ziyoratchilar uchun yo‘lovchi aviatashuvlari rejalashtirilgan.
Qatnovlar "Uzbekistan Airways" AJ tomonidan amalga oshiriladi. 2023 yil 4 iyuldan 22 iyulgacha qaytish aviaqatnovlari Jiddadan O‘zbekiston shaharlariga rejalashtirilgan.
Teglar:
haj mavsumi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
"Oilaviy drama": qarz, qamoq va yarashuv
- 7 daqiqa avval
- Jamiyat
120 yillik tarix va fidoyi mehnat e’tirof etildi
- 21 daqiqa avval
- Jamiyat