Haj safari davomida qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi
- 13.08.2019 10:49
- 232
- Xorij

Makka shahrida (Saudiya Arabistoni) qirg‘izistonlik uch nafar ziyoratchi vafot etdi. Bu haqdagi ma’lumotni Qirg‘iziston musulmonlari idorasi matbuot kotibi berdi.
Qirg‘izistonliklar qarindoshlarining roziligi bilan Makkada dafn etilgan. O‘lim sababi hozircha noma’lum. Diniy idora ma’lumotlariga ko‘ra, hayotdan ko‘z yumganlarning uch nafari ham 60 yoshdan oshgan.
Bundan oldin, Haj-2019 mavsumida xavfsizlik uchun 400 mingga yaqin harbiy jalb etilgani, hojilar soni esa rekord darajaga yetishi kutilayotgani xabar qilingandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi O‘zbekiston musulmonlari nomidan qardosh qirg‘izistonlik ziyoratchilarning oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Teglar:
haj mavsumi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand