Jazirama issiq tufayli Saudiya Arabistonida yuzlab ziyoratchilar halok bo‘lgan
- 19.06.2024 14:19
- 200
- Xorij
Haj ziyorati chog‘ida 500 dan ortiq kishi halok bo‘ldi. Makkada havo harorati 51 darajadan oshdi, deb xabar bermoqda AFP arab diplomatlariga tayanib.
Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning kamida 323 nafari misrlik bo‘lib, bir kishidan tashqari barchasi jazirama tufayli halok bo‘lgan. Agentlik suhbatdoshlarining ta’kidlashicha, halok bo‘lganlarning kamida 60 nafari iordaniyaliklardir.
Misr rasmiysining tushuntirishicha, qurbonlar soni ro‘yxatdan o‘tmagan ziyoratchilarning ko‘pligi bilan bog‘liq, ularning kelishi yordam lagerlarida tartibsizlik keltirib chiqargan.
Avvalroq Reuters Iordaniyadan kamida 14 kishi suvsizlanish va haddan tashqari issiqdan vafot etgani haqida xabar bergan edi. Yana 17 nafar ziyoratchi bedarak yo‘qolganlar ro‘yxatida qayd etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa