Jazirama issiq sababli poyezdlar sekinroq harakatlanadi

Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, harorat ko‘tarilishi natijasida yerusti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishini inobatga olib, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. 

"Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkinligini ma’lum qilamiz. Shuningdek, tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar harakat jadvalida ko‘rsatilgan vaqtdan kechroq manzilga yetib borishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: "O‘zgidromet" bugun hududlarda havo harorati +42 darajagacha, janubda +45 darajagacha ko‘tarilishi haqida xabar berdi.