Sinoptiklar avgust oyida kutilayotgan ob-havo bo‘yicha ma’lumot berdi
"O‘zgidromet xabariga ko‘ra, avgust oyida o‘rtacha oylik harorat iyul oyining o‘rtacha oylik haroratidan 1,5-2,5 darajaga past bo‘ladi.
Issiq ob-havo cho‘qqisida havo harorati 40-43 darajaga, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida esa 44-47 darajaga yetadi.
O‘zbekistonda barcha kuzatuv yillari uchun 2021 yilning avgust oyi eng issiq bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat me’yordan 1,5-2,5 darajaga yuqori bo‘lgan. Biroq, 2021 yil avgust oyida ekstremal yuqori harorat kuzatilmagan.
Dunyoning yetakchi prognostik markazlari hisob-kitoblarini jalb qilgan holda, O‘zgidromet tomonidan tuzilgan dastlabki baholash bo‘yicha ushbu yilning avgust oyi o‘rtacha issiq bo‘ladi.
Oyning dastlabki besh kunligida maksimal havo harorati 35-40 daraja atrofida bo‘ladi, so‘ngra harorat foni 33-38 darajagacha pasayadi.
Keyinchalik avgust oyi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Kunduz kunlari harorat asosan 33-38 daraja atrofida, ayrim kunlarda 40 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi yarmida harorat 30-33 darajagacha qisqa muddatli davrga pasayishi mumkin.
Faqat respublikaning ayrim, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.