"Haj-2022" mavsumi uchun yosh chegarasi belgiladi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasining ma’lum qilishicha, "Haj-2022" mavsumida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan yosh chegarasi 65 yoshgacha etib belgilandi.

Barcha ziyoratchilar podshohlik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotida tasdiqlangan Pfizer/BioNTech (AQSh-Xitoy), Oxford-AstraZeneca (Buyuk Britaniya-Shvetsiya), Moderna (AQSh) va Johnson & Johnson (AQSh) vaksinalarining 2 dozasini qabul qilgan bo‘lishi zarur.

Xorijlik hojilar Saudiya Arabistoniga kirishdan 72 soat oldin koronavirus tashxisi haqida manfiy natijali PSR ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim.

Podshohlik "Haj" va "Umra" vazirligi hojilarning ibodat amallarini bajarish davomida o‘z sog‘liqlarini saqlash uchun ehtiyotkorlik shartlari va qoidalariga to‘liq amal qilishlari zaruratini qat’iy talab qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur masala "Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik Kengashi hamda O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulligi "Haj" va "Umra" masalalari bo‘yicha attashesi bilan hamkorlikda muvofiqlashtirilmoqda.