Haydovchilik guvohnomalari 2020 yilning 31 dekabriga qadar almashtiriladi
Haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga soddalashtirilgan tartibda almashtirish 2020 yil 31 dekabrga qadar davom etadi, deb xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.
Bugungi kunda mazkur xizmat respublikamiz bo‘ylab 10 dan ortiq Davlat xizmatlari markazlari hamda Yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalari va bo‘limlarida ko‘rsatiladi.
Haydovchilarga qulaylik yaratish hamda navbatlarni oldini olish maqsadida, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish uchun arizani my.gov.uz portali orqali yuborish yo‘lga qo‘yildi.
Markazlarda xizmatdan foydalanish uchun pasport, eski haydovchilik guvohnomasi va uning talonini taqdim etish hamda eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdoridagi to‘lovni amalga oshirish lozim.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 aprelidan boshlab barcha Davlat xizmatlari markazlari eksterritorial tamoyili asosida xizmat ko‘rsatadi. Ya’ni, doimiy yashash joyingizdan qat’iy nazar, davlat xizmatlarini istalgan DXMdan olish imkoniga egasiz.
Qo‘yida eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish uskunasi mavjud Davlat xizmatlari markazlarini havola etmoqdamiz.