Hazrati Xizr qabristonining 1 gektar maydonida xas-xashak yongan
- 03.07.2020 16:10
- 570
- Jamiyat

Joriy yilning 28 iyun kuni taxminan 19:30 larda Samarqand viloyati FVB markaziy navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan.
Unda ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar, Hazrati Xizr qabristoni ichidagi qurib qolgan xas-xashak yonayotgan bo‘lgan.
Olingan xabar bo‘yicha voqea joyiga Samarqand shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limiga qarashli 6-harbiylashtirilgan yong‘in qutqaruv qismining 2 ta jangovar ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in soat 20:15 larda to‘liq bartaraf etilgan. Ushbu yong‘in oqibatida Hazrati Xizr qabristoni 1 gektar maydonining qurib qolgan xas-xashagi yonib zararlangan.
Ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanilgani yong‘inga sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Jasur LAPASOV,
Samarqand shahar FVB inspektori.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Arvohlar o‘chimi, tasodifmi?
- Kecha, 18:19
- O'qing, qiziq!
Nurobodda turizm qishloqlari tashkil etilyapti
- 05/06, 22:28
- Samarqand
Yetimning haqi
- 05/06, 20:05
- Mutolaa