Hindistonda yo‘lovchi tashish samolyoti halokatga uchradi

Hindistonda yo‘lovchi tashish samolyoti, Kojikode shahri aeroporti uchish yo‘lagiga qo‘nganidan so‘ng, yo‘lakdan tashqariga chiqib, bo‘laklarga bo‘linib ketdi. Oqibatda uchuvchi va bir qancha yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqida 7 avgust kuni mamlakatning sobiq madaniyat va turizm vaziri o‘zining Tvitter sahifasida xabar qildi.

Mahalliy News 18 telekanali bergan ma’lumotga ko‘ra, Dubaydan kelgan Air India Express avia kompaniyasiga qarashli Boeing 737 havo kemasi bortida 174 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, shu qatorda o‘n nafar yosh bola va besh nafar ekipaj a’zosi. Samolyotning old qismi va uchuvchilar xonasi to‘liq vayron bo‘lgan.

“Boeing 737 havo kemasini Hindistonning Kojikode shahrida uchragan halokati tufayli qurbon bo‘lganlar soni 20 nafarga yetdi, 140 dan ortiq odam jarohatlandi”, - ma’lum qildi 8 avgust kuni Hindustan Times nashri.

Shuningdek, ikki nafar uchuvchi ham halok bo‘lgan.

Dastlab, 17 nafar qurbon bo‘lganlar haqida xabar berilgan edi.