Gruziyada halokatga uchragan turk samolyoti joyida qidirish-qutqaruv ishlari davom etyapti
- 12.11.2025 09:56
- 36
- Xorij
Kecha Turkiyaga tegishli "C-130" harbiy-transport samolyoti Ozarbayjondan Turkiyaga parvoz paytida Gruziya hududida halokatga uchradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan 20 nafar kishining barchasi halok bo‘lgan. Hodisadan so‘ng Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi va ikki yetakchi telefon orqali suhbatlashgan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida hech qanday portlovchi moddalar yoki qurilmalar bo‘lmagan — faqat F-16 samolyotlari uchun ehtiyot qismlar tashilayotgan edi.
NATO Bosh kotibi Mark Ryutte shu munosabat bilan Turkiyaga ta’ziya bildirdi.
Halokat joyida qidirish-qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Teglar:
aviahalokat