Tokayev "An-26" samolyoti qulashi oqibatida halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirdi
Qozog‘iston Prezidenti Kasim-Jomart Tokayev Olma-otada halokatga uchragan harbiy samolyotda halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi va hodisa sabablarini puxta tekshirishni buyurdi.
Oldinroq Olma-Ota aeroporti matbuot xizmati Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (KNB) Chegara xizmatiga tegishli bo‘lgan "An-26" samolyoti bugun mahalliy vaqt bilan 17:20 da Olma-ota aeroportiga qo‘nish paytida halokatga uchragani haqida xabar bergan edi. Bortda 6 kishi bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, samolyot qulagan joyda 4 kishi halok bo‘lgan, 2 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Olma-otaning sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar reanimatsiyada.
"Olmaota aeroportidagi aviahalokat paytida halok bo‘lgan askarlar oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman. Jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishini tilayman. Mening topshirig‘im bilan aviahalokat sabablarini aniqlashtirish bo‘yicha ishlar boshlandi. Bunday hodisalar takrorlanmasligi lozim", deb yozdi Tokayev Twitterda.