Xitoyning Boeing samolyotida halokatga uchragan yo‘lovchilar topilmadi

Qutqaruvchilar Xitoy janubida halokatga uchragan Boeing-737 samolyotining tirik qolgan yoki halok bo‘lgan yo‘lovchi va ekipaj a’zolarini hozircha topgani yo‘q, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi qutqaruvchilarga tayanib.

“Hozirgi kunga qadar, qutqaruvchilar voqea joyida halokatga uchragan samolyot bo‘laklari topilgan, biroq bedarak yo‘qolganlar hali topilmagan”, — deb xabar berdi telekanal.

Tog‘li hudud qidiruv ishlariga qiyinchilik tug‘dirishiga qaramasdan, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. 

Global Timesning xabar berishicha, halokat joyida yo‘lovchilarning yonib ketgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, hamyonlari va boshqa buyumlari topilgan.

Ilgari xabar berganimizdek, Xitoyning Guansi-Chjuan avtonom viloyatining Uchjou shahri Teng tumanida China Eastern Airlines aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi va o‘rmon yong‘iniga sabab bo‘ldi. Bortda 132 kishi, jumladan 123 yo‘lovchi va to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.