Myanmada samolyoti qulashi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
- 10.06.2021 16:13
- 16
- Xorij
Myanma harbiy havo kuchlari (VVS)ga tegishli samolyot Mandalaya shahri yaqinidagi tog‘li hududga quladi va 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Myanma muxolifatining «Iravadi» yangiliklar portali o‘zining Facebook sahifasida.
Halokat Pin U Lvin tog‘li hududida joylashgan harbiy baza yaqinida sodir bo‘ldi. Bortda 16 kishi bo‘lib, ulardan 12 nafari halok bo‘lgan, deyiladi xabarda.
Boshqa bir muxolifatning xabar berishicha, samolyot Myanma havo kuchlariga tegishli bo‘lib, Neypido aeroportidan uchgan. Hodisa qiyin ob-havo sharoiti tufayli sodir bo‘lgan. Bortda yuqori martabali harbiylar bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!