Urib tushirilgan samolyot yo‘lovchilari oilalariga Eron tomonidan 107 million dollar to‘lanishi hukm qilindi

Kanadaning Ontario provinsiyasi sudi 2020 yilda Eron havo mudofaa samolyoti tomonidan Tehronda urib tushirilgan samolyotda bo‘lgan olti nafar yo‘lovchi oilasiga mamlakatdan tovon undirish to‘g‘risida qaror chiqardi.

107 million dollar miqdori da’vogarlar o‘rtasida bo‘linadi. Advokatlar Eronning Kanada va xorijdagi aktivlarini muzlatish bo‘yicha harakatlarni boshlagan. Boshqalar qatorida, gap neft tankerlari haqida ketmoqda.

May oyida Ontario Oliy sudi Eron terrorchilik hujum maqsadida yo‘lovchi samolyotini urib tushirgan, degan xulosaga kelgan edi. Hujjatda aytilishicha, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi parvozdagilar fuqarolik holatidan xabardor bo‘lgan va samolyotni portlatish niyatida qastdan o‘qqa tutgan.

Eslatiib o‘tamiz, 2020 yilning 8 yanvarida Ukraina xalqaro aviakompaniyasining «Boyeing 737-800» samolyoti Tehron aeroportidan ko‘tarilgach halokatga uchrab, 176 kishi halok bo‘lgan edi.

Halok bo‘lganlar Eron, Ukraina, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya va Afg‘oniston fuqarolari edi. Eron falokatga havo hujumi mudofaa tizimining operatori aybdor ekanini bildirmoqda. Samolyotga dushman nishoni sifatida ikkita raketa uchirilgan.