Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Hokim o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali Davlat boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda viloyatda quyi bo‘g‘in rahbarlari, ya’ni tuman (shahar) hokimlari o‘rinbosarlarining bosh mutaxassislariga viloyatdagi sohaviy oliygohlarning professor-o‘qituvchilari va davlat organlari, tashkilotlaridan malakali amaliyotchi mutaxassislarni jalb etgan holda o‘quv-mashg‘ulotlar tashkil etdi.

– O‘quv mashg‘ulotlari davomida mutaxassislarni o‘z sohalari yo‘nalishida amaliyot o‘tashlari uchun Samarqand shahridagi katta qurilish obektlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish korxonalari hamda tomorqalarda amaliy darslar tashkil etish rejalashtirilgan, – deydi  Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali rahbari R.Qobilov. – 5 kun davom etadigan o‘quv-mashg‘ulotlarda, shuningdek, soha bo‘yicha yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni joylarda tatbiq etish, ilm bilan amaliyotni bir-biriga integratsiya qilish, tinglovchilarning ham kasbiy, ham shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘nalishida saboq beriladi, tajriba almashiladi.

Bu kabi malaka oshirish kurslari joriy yilning may oyi davomida barcha mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi quyi bo‘g‘in rahbar xodimlari uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan.