Huquqiy axborot: bolalarni muttasil ravishda qiynash 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi

Davlat bolani zo‘ravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy zo‘ravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qo‘pol, inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan himoya qiladi.

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilish uning huquqiy oqibatlariga ko‘ra ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, bolalarni muttasil ravishda qiynash 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.