Ichimlik suvi yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida rejali profilaktika ishlari olib borish munosabati bilan bugun, 10 oktyabr kuni soat 23:00 dan 12 oktyabr kuni soat 23:00 gacha Samarqand shahridagi ayrim mahallalar va ularga tutash hududlarda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Jumladan, M-37 avtomobil yo‘li – Rasadxona, Qir, Galaosiyo mahallalarida;

Islom Karimov ko‘chasi - Obi rahmat, Xo‘ja Doniyor, Imom Vose, Muborak, Dahbediy mahallalarida;

Zarafshon shoh ko‘chasi - Qozi ariq, Sharq tongi mahallalarida;

Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasi - Jo‘yisoy, Qo‘shtamg‘ali, Davlatshoh Samarqandiy, Konigil, Shahriobod, Sarbadorlar, Qo‘shbaqqolli, Sarbon mahallalarida;

Shohi Zinda ko‘chasi - Afrosiyob mahallasi;

Ibn Sino ko‘chasi - Yuksalish, Bog‘ibaland, Qo‘rg‘oncha, Geologlar, Xo‘jaqishloq, Azizon, Bog‘imaydon, G‘iyosiddin Jamshid, Oqsaroy mahallalarida;

Afrosiyob ko‘chasi – Chilustun, Dahbed ko‘chasi - Yangi Hayrobod, Ko‘k machit, Motrid, Humo mahallalarida;

Chorraha va Imom Buxoriy ko‘chalari - Qo‘sh hovuz, So‘fi Roziq, Xo‘ja Zudmurod, Hilol mahallalarida;

Sadriddin Ayniy ko‘chasi - Ibn Sino, Toshkent, Ogahiy, Sadriddin Ayniy, Qo‘shchinor, Abdulla To‘qay, Xo‘ja Abdu Darun, Ibrohim Xalifa mahallalarida;

Panjikent ko‘chasi - Rajabamin, Kaftarxona, Sayxun, Yominiy, Bog‘i Feruza, Zominiy, Abdurahmon Jomiy, Xalqobod, Fidoyilar, Dari Zanjir, Urgutiy, Sharq, Registon mahallalarida;

Andijon ko‘chasi - G‘ofur G‘ulom, Abdulla Qahhor, So‘zangaron, Chashma, Chaqar, Amir Temur mahallalarida;

So‘zangaron ko‘chasi - Xo‘ja Ibrohim, Eski Qalandarxona mahallalarida;

Muqimiy ko‘chasi - Xo‘ja Ahror Vali, Namozgoh mahallalarida;

Termiz ko‘chasi - Mo‘liyon, Mo‘liyonipoyon, Oqmachit mahallalarida;

Urganch ko‘chasi - Bog‘i shifo, Qavola, Safedi, Furqat, Maroqand, Oqmachit, Qo‘shmachit, Rustam qishloq, Xaymaribolo mahallalarida;

Gulobod ko‘chasi - Devoli Ko‘ndalang, Beklar, Mehrobod, Terakzor mahallalarida;

Otaxo‘jayev (Lev Tolstoy) ko‘chasi - Nurobod, Hamid Olimjon, Navbahor, Maschiti Qo‘ng‘iroqdor, Ahmad Yassaviy mahallalarida;

SamDAQU hududi – Mirzo Ulug‘bek, Tadbirkorlar, Madadkor, Lolazor, Dukchiyon, Bekxo mahallalarida;

O‘zbekiston ko‘chasi - Bo‘ston, O‘zbekiston mahallalarida;

Abdurahmon Jomiy ko‘chasi - A.Navoiy mahallasi;

Firdavsiy ko‘chasi –Panjob, Kattaqo‘rg‘on, Axillik mahallalarida;

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi - Mustaqillik, Sadaf mahallalarida;

Bo‘stonsaroy ko‘chasi – Yusuf Hamadoniy, Ko‘ksaroy mahallalarida;

Mahmud Koshg‘ariy ko‘chasi - Siyobcha, Anhor, Birlik mahallalarida;

Navoiy shoh ko‘chasi - Farovonlik, Tutzor, Sevali ota, Turon, Gulbahor, Lohutiy, Bog‘iston mahallalarida;

Gagarin ko‘chasi – Ming tut, Mir Said Baraka, Kamoliddin Bekzod, Said, Nayman, Beklar mahallalarida;

Sartepa maskani - Navbog‘chiyon , Ko‘l, Al-Xorazmiy, Yangiqo‘rg‘on, Sartepa, Guliston, Xo‘jasoat, Yuqori Xo‘jasoat, Quyi Xo‘jasoat, Guliston, Sa’diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Botir Zokirov, Zargartepa mahallalarida;

Amir Temur ko‘chasi – Amir Temur, O‘rikzor, Abdulla Avloniy, Shodlik mahallalarida;

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi - Marhabo, Mirzo Bedil, Beshchinor, Ilg‘or, Tokzor, Ilmobod mahallalarida;

Sug‘diyona maskani - Zulfiya, Bahor, Saxovat, Istiqlol, Mash’al, Uvaysiy, Sug‘diyona, Nodirabegim, Tojmahal, Abu Rayhon Beruniy, Damariq mahallalarida.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz. Ushbu hududlarga maxsus texnikalar orqali suv yetkazilishini ma’lum qilamiz.

 “Samarqand suv ta’minoti” MChJ Samarqand shahar filiali.