Ichki ishlar organlari xodimlari qanday holatda avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin?
Ichki ishlar organlari xodimlari quyidagi holatlarda sizning avtomobilingizdan majburiy tartibda foydalanishi mumkin:
- tabiiy ofat yuz bergan joyga borish;
- shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish;
- jinoyat sodir etgan shaxslarni ta’qib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish;
- hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga bo‘yicha to‘plash joyiga borish uchun.
Bu holatda, transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi.