Ichki ishlar xodimi jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxsga qanday vakolatlari borligini tushuntirishi shartligini bilasizmi?

Ichki ishlar organi xodimi jinoyat sodir etishda gumon qilinib (jumladan hujjati yo‘qligi uchun)  ushlab turilgan shaxsga advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar berish, himoyachiga ega bo‘lish, ko‘rsatuvlar berishni rad etishga bo‘lgan protsessual huquqlarini tushuntirishi, shuningdek u bergan ko‘rsatuvlardan jinoyat ishiga doir dalillar sifatida uning o‘ziga qarshi foydalanilishi mumkinligini bildirishi shart.

Bunda u o‘zini tanishtirishi va ushlanayotgan shaxsning talabiga ko‘ra shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi shart.

Vakolatli shaxslar va fuqarolar qonunga xilof yoki asossiz ushlab turganlik yoxud ushlash vaqtida vakolatlari doirasidan chetga chiqqanlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladilar.