IIB tomonidan “bangilar bazmi”ga chek qo‘yildi
Navoiy viloyati IIB JQB hamda Navoiy shahri IIO FMB JQB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar tegishli tartibda o‘rganilib, unga ko‘ra, 1972 yil Navoiy shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlangan, bo‘ydoq, ayni paytda Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Yu. ochiqdan-ochiq qonunga bo‘ysunmagan holda, karantin qoidalarini qasddan buzib, sheriklari – 1979 yil Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlangan, ajrashgan, Navoiy shahri, Pushkin ko‘chasida istiqomat qiluvchi N.O., 1974 yil Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlangan, ajrashgan, 1 nafar farzandi bor, Navoiy shahri, Energetik ko‘chasida yashovchi F.S. hamda 1977 yil Navoiy shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta, muqaddam sudlangan, ajrashgan, Navoiy shahri, Zarapetyan ko‘chasida istiqomat qiluvchi Sh.E.lar bilan “Dizomorfin” (Krokodil) qo‘lbola giyohvandlik moddasini iste’mol qilayotganlarida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan aybdorlar qonun doirasida tegishli tartibda jazolanishi muqarrar, deb xabar berdi Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.