Payariqlik fuqaroning 170 tup “zahri qotil” yetishtirayotgani aniqlandi
- 24.06.2020 11:30
- 463
- Jinoyat va jazo
Qonunchiligimizda giyohvand moddalarni yetishtirish, sotish va targ‘ib qilishga jazo qo‘llanilganligiga qaramasdan, giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi, sotuvchi insonlar hamon uchramoqda.
Samarqand viloyati bojxona, davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida Payariq tumanida o‘tkazilgan “Qoradori-2020” tadbirlarida “zahri qotil”ni yetishtiruvchi shaxslardan biri fosh bo‘ldi.
Tadbir davomida fuqaro U.S.ning yashash xonadoni va qo‘shimcha dala maydonlari xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda bo‘yi taxminan 25-30 santimetr 170 tup yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli “kannabis” giyohvandlik vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa