Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIB xodimlari kasb bayrami oldidan sport turlari bo‘yicha musobaqalashdi

25 oktyabr - Ichki ishlar xolimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan sportning shaxmat-shashka, mini futbol va stol tennisi turlari hamda amaliy o‘q otish bo‘yicha musobaqalar g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari orasida ayollar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

- Kasb bayramimiz munosabati bilan o‘tkazilgan stol tennisi musobaqasida birinchi o‘rinni egalladim, - deydi safdor Dildora Nabiyeva. - Bu menga munosib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Sport bilan muntazam shug‘ullanish ichki ishlar xodimlari uchun juda muhim.

G‘oliblarga viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.