Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo‘lgan fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishda qanday imtiyozlarga ega?

Savolga viloyat adliya boshqarmasi davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish shu’basi boshlig‘i Sardor Davronov javob berdi:

- Davlat xizmatlaridan foydalanishda imkoniyati cheklangan aholi qatlami uchun zarur qulayliklar yaratish doimiy e’tibordagi masala hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida eshitish va gapirishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun sinov tariqasida 4 ta muhim bo‘limda surdo-tarjimon xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bunda xizmat markazlashgan holda ko‘rsatilib, markaz xodimi maxsus veb-kamera orqali tegishli surdo operatorlar bilan bog‘lanadi. Ular fuqaro va markaz xodimi o‘rtasida muloqotni ta’minlashga ko‘maklashadi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirmalar mavjud.

Shuningdek, har bir shahar va tumandagi davlat xizmatlari markazida nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun maxsus stollar tashkil etilgan, ularga navbatsiz xizmat ko‘rsatiladi.

***

Ushbu videolavha va maqola xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.