Ikki nafar fuqaro ov qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirdi
- 21.02.2020 10:30
- 94
- Samarqand
Samaraqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Huquqbuzarliklarga qarshi kurash oyligi” doirasida Samarqand shahrining Sartepa maskanida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan A.B. marhum qaynotasining yashash uyida, ta’mirlash ishlarini olib borayotgan vaqtda, molxonasidan bir dona “TOZ-12” rusumli, 1 stvolli, 12 kalibrli ov quroli va 5 dona patronlarini topib olib, o‘z ixtiyori bilan IIBga topshirgan.
Shuningdek, Paxtachi tumani Ziyovuddin shaharchasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan T.A. marhum otasiga tegishli bo‘lgan bir dona “IJ” rusumli, 16 kalibrli, bir stvolli ov qurolini yashash uyining chordog‘idan topib olib, o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga olib kelgan.
Teglar:
ov quroli