“Jartepa” chegara postida ov quroli o‘qlarini olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi
- 20.04.2022 17:44
- 113
- Jinoyat va jazo
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari “Jartepa” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro R.R. boshqaruvidagi avtotransport vositasi yukxonasini ko‘zdan kechirgan.
Bu jarayonda R.R. avtoulovida hech qanday hujjatlarsiz 13 dona, 12 kalibrli ov quroli uchun mo‘ljallangan sochma o‘qlar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.