“Jartepa" chegara bojxona postida fuqarolar va transport vositalari harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov o‘rnatildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-122-son Farmoniga muvofiq, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida “Jartepa" chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli,
2022 yilning 5-16 sentyabr kunlari mazkur bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy etildi.
Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:
➡️diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
➡️rasmiy (hukumat) delegatsiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
➡️respublikamizda investitsiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
➡️xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
➡️mamlakatimizda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
➡️Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
➡️o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
➡️Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.