“Jartepa” chegara bojxona postida giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali respublikamizga kirib kelgan xorij fuqarosi S.B. “yashil” yo‘lak orqali bojxona nazorati zonasidan harakatlanayotganda, uning qo‘l sumkasi bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.

Shu bois S.B.ga tegishli bo‘lgan qo‘l sumkasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi.

Bojxona nazoratidan o‘tish paytida og‘zaki so‘rovlarda ma’lum qilmagan, hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan ko‘p miqdordagi “Tramadol” nomli giyohvandlik vositasini olib kirmoqchi ekanligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.