Samarqanddagi chegara bojxona posti eksport-import tartibidagi yuklar harakati uchun ochildi
- 06.01.2021 17:45
- 100
- Samarqand
Viloyat bojxona boshqarmasi Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan “Jartepa” chegara bojxona posti o‘z faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi.
Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan. Endilikda Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari mazkur post orqali o‘z tovarlarini qo‘shni davlatga bemalol eksport qilishlari yoki tovarlar importini amalga oshirishlari mumkin. Bu esa ularga qo‘shimcha qulaylik yaratish bilan birga vaqt va xarajatlarini tejash imkonini beradi.
Post orqali jismoniy shaxslarning harakatlanishiga ruxsat berilganida bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi, deyiladi ma’lumotda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!