Paxtachida o‘qotar qurolni sotayotgan shaxs ushlandi
- 07.07.2022 13:09
- 153
- Samarqand
Paxtachi tumani IIB xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan 6 iyul kuni tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida 1965 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan sudlangan, Paxtachi tumani “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.S. 6 million so‘m evaziga o‘zining "IJ-17" rusumli ov miltig‘ini noqonuniy ravishda sotayotganda ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.S. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
ov quroli
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
A’lochi o‘quvchilarga bepul yo‘llanma beriladi
- 2 soat avval
- Samarqand
Hayit xayr-baraka, ma’naviy yuksalish bayrami
- Bugun, 12:31
- Jamiyat