Narpay va urgutlik fuqarolar ov qurollarini ixtiyoriy ravishda IIBga topshirdi
- 25.01.2021 08:00
- 115
- Samarqand

Narpay tumani ichki ishlar bo‘limi TvaEKQG xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tushuntirish ishlari natijasida tumanning Chorbog‘ mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan S. yashash uyida ta’mirlash ishlari olib borayotganda topib olgan bir dona "IJ" rusumli ov qurolini o‘z ixtiyori bilan IIO xodimlariga topshirdi.
Shuningdek, viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari natijasida Urgut tumani Dehqonobod mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug‘ilgan H. marhum otasidan qolgan "TOZ-8" rusumli ov qurolini o‘z ixtiyori bilan tuman IIBga topshirdi.
Holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi viloyat IIB axborot xizmati xabarida.
Teglar:
ov quroli
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand