Imlo hamda joy nomlariga oid xatolar bo‘yicha mas’ullar ogohlantirildi

Kecha, 9 fevral kuni saytimizda “Elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilinayotgani yaxshi. Ammo ushbu xayrli ish bajarilayotgan hudud, ko‘cha nomi to‘g‘ri yozilishi kerak” sarlavhasi bilan “Samarqand HETK” AJ axborot xizmati tomonidan yo‘llanayotgan ma’lumotlarda imlo, uslubiy hamda joy nomlarini keltirishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilingandi.

Mazkur tanqidga nisbatan aksiyadorlik jamiyati munosabat bildirdi:

“Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Zarnews sayti, telagram kanalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 maydagi 415-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida berilgan ma’lumotda ob’yektlar nomi va manzillari bo‘yicha ayrim imlo xatolariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Ushbu xatoliklar bo‘yicha mas’ullar ogohlantirildi.

Kelgusida bu kabi kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rildi”.